ائلچین ELÇİN

تورک دیلی و ادبیاتی

ظهیرالدین محمد بابور دیوانی Zahiriddin Muhammad Bobur -Devon

+0 بگندیم

 

Zahiriddin Muhammad Bobur

Devon

 

Gʻazallar

Ne koʻray toʻboni[1] qaddi[2] xushxiroming borida?!
Ne qilay sunbulni[3] xatti[4] mushkfoming[5] borida?!

Kim Xizr suyin ogʻizlagʻay labingning qoshida?
Kim Masih alfozidin[6] degay kaloming borida?!

Oshiqingni davlati vasling bila qil muhtaram,
Xusn ahli ichra muncha ehtiroming borida.

Bizdin ayru doim el birla icharsen bodani[7],
Bizni ham gohi sogʻin shurbi[8] mudoming borida.

Ey koʻngul, gar gʻayr soʻzi zahri qotildur, ne gʻam,
Lablaridin sharbati yuhyil-izoming borida.

Tarki nomus aylabon badnom boʻlgʻil ishq aro,
Kim seni oshiq degay nomusu noming borida?![9]

Bobur, ul gul koʻyida bulbul kibi topting maqom,
Bir navoe rost qil mundoq maqoming borida[10].

* * *



آردینی اوخو/ Ardını oxu

آچار سؤزلر : ظهیرالدین محمد بابور, اؤزبکجه,